APL. «Chelsi» safarda «Nyukasl» bilan jangovar durang qayd etdi
Uchrashuvda jami 4 ta gol urildi.
Фото: Getty Images
APLning 16-turidan o‘rin olgan "Nyukasl" — "Chelsi" uchrashuvi 2:2 hisobi bilan yakunlandi.
Dastlab, bahsning 4 va 16-daqiqalarida mezbonlar futbolchisi Voltemade gol urib, jamoasini oldinga olib chiqdi.
Ammo ikkinchi taymda Ris Jeyms jarima zarbasidan ajoyib zarba yo‘llab, oradagi farqni qisqartirdi. 66-daqiqada Joao Pedro katta sahnaga chiqdi va jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
17 o‘yindan so‘ng "Chelsi" Premyer-liga turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Londonliklar 29 ochkoga ega. 23 ochko bilan "Nyukasl" Premyer-liga turnir jadvalida 11-o‘rinni egallaydi.
APL. 17-tur
«Nyukasl» – «Chelsi» — 2:2
Gollar: Voltemade 4, 20 — Jeyms 49, Pedro 66.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist