APL. «Chelsi» oʻz maydonida «Vulverxempton»ni magʻlub etib, 2-o‘ringa koʻtarildi
Angliya Premyer-ligasining 11-turidan oʻrin olgan bahsda «Chelsi» oʻz maydonida «Vulverxempton»ni qabul qildi va yirik 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Uchrashuvdagi gollarga Malo Gusto, Joau Pedro va Pedro Neto mualliflik qildi.
Shu tariqa, «Chelsi» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 20 taga yetkazib, onlayn turnir jadvalida ikkinchi oʻringa koʻtarilib oldi. «Vulverxempton» esa 2 ochko bilan 20-o‘rinda bormoqda.
APL. 11-tur
«Chelsi» — «Vulverxempton» 3:0
Gollar: Gusto (51), Pedro (65), Neto (73).
Chelsi — Sanches, Gusto (Jeyms, 77), Fofana, Chaloba, Kukurelya, Kaysedo, Fernandes (Andre Santos, 83), Netu (Giui, 77), Joau Pedro (Gittens, 83), Garnacho, Delap.
Vulverxempton — Jonston, Bueno, Kreychiy, Bueno, Chachtua, Joau Gomesh, Andre, Bellegarde (Munesi 70), Xvan (Mane, 70), Larsen, Toti.