APL. «Chelsi» derbida «Vest Hem»ni tor-mor etdi
Фото: Getty Images
Angliya Premer-ligasining 2-turiga start berildi.
London derbisida “Vest Hem” klubi “Chelsi”ni qabul qildi. Gollar shousiga aylangan bahsda “aristokratlar” 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Paketa “bolg‘achilar” safida gol urgani holda, mehmonlardan Pedro, Netu, Fernandes, Kaysedo va Chaloba bittadan gol urishdi.
Bu natijadan so‘ng “Chelsi” ochkolari sonini 4 taga yetkazdi. “Vest Hem” hisobida birorta ham ochko yo‘q.
APL. 2-tur
“Vest Hem” 1:5 “Chelsi”
Gollar: Paketa 6 – Pedro 15, Netu 23, Enso Fernandes 34, Kaysedo 54, Chaloba 58.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist