APL. Bugun 10-tur uchrashuvlari start oladi
Bugun, 1-noyabr kuni Angliya Premyer-ligasining 2025/2026-yilgi mavsumida 10-tur bahslari start oladi. “Chempionat” o‘z o‘quvchilarini to‘liq o‘yinlar taqvimi bilan tanishishga taklif qiladi.
Angliya Premyer-ligasining 10-tur o‘yinlari taqvimi (Toshkent vaqti bilan)
1 noyabr, (shanba)
20:00. «Byornli» – «Arsenal»;
20:00. «Fulhem» – «Vulverhempton»;
20:00. «Kristal Pelas» – «Brentford»;
20:00. «Nottingem Forest» – «Manchester Yunayted»;
20:00. «Brayton end Hov Albion» – «Lids Yunayted»;
22:30. «Tottenxem Xotspur» – «Chelsi»;
01:00. «Liverpul» – «Aston Villa».
2 noyabr, (yakshanba)
19:00. "Vest Hem Yunayted" - "Nyukasl Yunayted";
21:30. "Manchester Siti" - "Bornmut".
3 noyabr, (dushanba)
01:00. "Sanderlend" - "Everton".
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” 22 ochko bilan APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Bornmut" 18 ta bilan ikkinchi, "Tottenxem" esa 17 ta bilan uchinchi o‘rinda.