APL. «Aston Villa» safarda «Brentford»ga mag'lub bo'ldi
Фото: Getty Images
Angliya Premyer-ligasi 2-tur uchrashuvlari davom etmoqda.
"Aston Villa" safarda "Brentford"ga qarshi maydonga tushib, 1:0 hisobida mag'lub bo'ldi. Yagona gol 12-daqiqada Dango Uattara tomonidan kiritildi.
Ushbu natijadan so'ng, birmingemliklar 1 ochko bilan 16-o'rinni egalladi. "Brentford" esa 3 ochkoga ega bo'lib, 11-pog'onaga ko'tarildi.
Keyingi turda "Brentford" safarda "Sanderlend"ga qarshi maydonga chiqadi. Bellashuv 30 avgust kuniga belgilangan. "Aston Villa" esa 31 avgust kuni o'z maydonida "Kristal Pelas"ni qabul qiladi.
APL. 2-tur
"Brentford" 1:0 "Aston Villa"
Gol: Uattara 12.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist