APL. \"Arsenal\" safarda \"Aston Villa\"ga yutqazdi
APLning 15-turidan o‘rin olgan “Aston Villa” va “Arsenal” o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi.
Arteta shogirdlari bu turda “Aston Villa” maydoniga safar qilishdi va 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.
Uchrashuvning 36-daqiqasida Matti Kesh hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Lekin bahsning 52-daqiqasida uning goliga “to‘pchilar” futbolchisi Trossard javob qaytarib muvozanatni tikladi. Bellashuvning umumiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda Emiliano Buendia gol urib “Aston Villa”ga muhim g‘alabani taqdim etdi.
Ma’lumot uchun, “Aston Villa” bu g‘alabadan so‘ng 30 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Arsenal” esa peshqadamligini davom ettirmoqda.
APL. 15-tur
Aston Villa — Arsenal 2:1
Gollar: Kesh 36, Buendia 90+5 – Trossard 52