locale OZ

APL. “Arsenal” o‘z maydonida “Bornmut”ga imkoniyatni boy berdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. “Arsenal” o‘z maydonida “Bornmut”ga imkoniyatni boy berdi
Photo: Getty Images

Angliya chempionatining 35-turidan o‘rin olgan “Arsenal” – “Bornmut” uchrashuvi yakunlandi.

Uchrashuvning 34-daqiqasida “Arsenal” yarim himoyachisi Deklan Rays hisobni ochdi. 67-daqiqada “Bornmut” markaziy himoyachisi Din Xayysen hisobda tenglikni tikladi. 75-daqiqada mehmonlar jamoasi hujumchisi Evanilson jamoasiga g‘alaba keltirdi.

35-turdan so‘ng “Arsenal” hisobida 67 ochko bor. Jamoa Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. "Bornmut" esa mavsum davomida ochkolarini 53 taga yetkazdi va APL turnir jadvalida 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

APL. 35-tur

Arsenal 1:2 Bornmut

Gollar: Rays 34 – Xayysen 67, Evanilson 75

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting