APL. 7-tur. Chelsi Liverpulni kichik hisobda mag'lubiyatga uchratdi
Aristokratlarning hal qiluvchi golini 90+5-daqiqada Estevao kiritdi.
Photo: gettyimages
Angliya premer-ligasi 7-turidan o'rin olgan Chelsi hamda Liverpul jamoalari o'rtasidagi qarama-qarshilik bo'lib o'tdi. Turning markaziy bahsi bo'lgan ushbu bahsda aristokratlar so'nggi daqiqalardagi gol evaziga g'alabani nishonlashdi.
APL. 7-tur, 4 oktyabr
Chelsi — Liverpul 2:1
Stemford Brij, London.
Gollar: Kaysedo 14, Estevao 90+5 — Gakpo 63.
Chelsi: Sanches — Jeyms, Achempong (Xato, 68), Badiashil (Laviya, 55), Kukurelya — Gyusto, Kaysedo — Netu (Estevao, 75), Fernandes, Garnacho (Gittens, 75) — Pedro (Giu, 75).
Liverpul: Mamardashvili — Bredli (Virs, 46), Konate (Jons, 56), van Deyk, Kerkez (Robertson, 55) — Gravenberx, Mak Allister (Endo, 87) — Saloh, Soboslai, Gakpo — Isak (Ekitike, 74).
Ogohlantirishlar: Bredli (34), Soboslai (79).
Ibrohim Jalolov
Redaktor