APL 2025/2026 mavsumining eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun nomzodlar roʻyxatini eʼlon qildi
Roʻyxatda jami 8 nafar nomzod futbolchilarning roʻyxati keltirilgan.
ФОТО: Getty images
Angliya Premer-ligasi ijtimoiy tarmoq orqali 2025/2026 mavsumi yakunlariga koʻra yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun nomzodlar roʻyxatini eʼlon qildi.
Mavsumning eng yaxshi futbolchisi uchun nomzodlar:
— Brunu Fernandesh ("Manchester Yunayted")
— Gabriel Magalyaynz ("Arsenal")
— Morgan Gibbs-White ("Nottingem Forest")
— Erling Holand ("Manchester Siti")
— David Raya ("Arsenal")
— Deklan Rays ("Arsenal")
— Antuan Semenyo ("Manchester Siti")
— Igor Tyago ("Brentford")
Ayni paytda Angliya chempionati turnir jadvalini "Arsenal" boshqarib turibdi — jamoa 36 oʻyinda 79 ochko toʻplagan. Ikkinchi oʻrinda 77 ochko bilan "Manchester Siti", uchinchi oʻrinda esa 65 ochko bilan "Manchester Yunayted" joylashgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist