locale OZ

Anzur Ismoilovning holati qanday

U "Qo‘qon-1912" bilan bahsda jarohat olib 14-daqiqadayoq maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Anzur Ismoilovning holati qanday
Фото: Локомотив ПФК

Superliga 3-turdan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Qo‘qon-1912" bahsida mezbon jamoa yetakchisi va sardori Anzur Ismoilov jarohat olib 14-daqiqadayoq maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Natijada uning o‘rniga Shuhrat Muhammadiyev o‘yinni davom ettirdi.

Anzur Ismoilovning hozir holati qanday? U keyingi bahsda maydonga tushadimi? "Lokomotiv" tibbiy shtabi futbolchimizning holati bo‘yicha ma’lumot berdi:

- Anzurda o‘yin payti son orqa mushagining jarohatlanishi kuzatildi. Futbolchimiz bugun chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o‘tadi. Shundan so‘ng aniq tashxis, davo rejasi va safga qaytish muddatlari belgilab olinadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting