Anvarjon Hojimirzayev – darvozaga aniq zarbalar bo‘yicha yetakchilar orasida
Anvarjonning chempionatdagi gol va assisti 9+5ni tashkil etib turibdi.
Фото: Динамо ПФК
«Dinamo» jamoasi hujumchisi Anvarjon Hojimirzayev Superligada darvozaga aniq zarbalar soni bo‘yicha eng yaxshi natija qayd etib turgan ikki futbolchidan biri bo‘lib turibdi.
Hujumkor vinger jarohati sababli ketma-ket deyarli so‘nggi uch o‘yinda maydonga tusha olmagan bo‘lsa-da, hamon bu borada 2-o‘rinda bormoqda. Uning hisobida darvoza tomon aniq yo‘llangan 80ta zarba bor. Anvarjonning chempionatdagi gol va assisti 9+5ni tashkil etib turibdi.
“Umid qilamizki, Hojimirzayev tez orada safga qaytib, mavsumning eng muhim navbatdagi ikki o‘yinida ham jamoamizdagi zafarli yurishini davom ettiradi”, - deyiladi xabarda.

Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist