locale OZ

Anvar Rahimov: “Yigitlar xarakter ko‘rsatishdi”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Anvar Rahimov: “Yigitlar xarakter ko‘rsatishdi”
Photo: FC BUNYODKOR

O‘zbekiston Kubogining guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan Namangan FA – “Bunyodkor” uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Anvar Rahimov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Muxlislarga yoqadigan tomoshabop o‘yin o‘tkazdik. Ammo sun’iy qoplamali maydonda to‘p surganimiz bizga qiyinchilik tug‘dirdi. Umumiy futbol elementlari – pas, koptok bilan yugurish kabi jihatlarda maydonning holati pand berdi. Sun’iy maydonga nisbatan ko‘nikmamiz yo‘qligi sababli birinchi bo‘limni unga moslashish bilan o‘tkazdik. Tanaffusdan keyin hammasi o‘z o‘rniga tushdi, yigitlar xarakter ko‘rsatishdi va g‘alaba qozondik. Mezbonlar ham yaxshi o‘ynadi, jiddiy qarshilik ko‘rsatishdi. O‘yin uchun ularga minnatdorchilik bildiraman", - deya Rahimov so‘zlaridan keltiradi klub matbuot xizmati.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting