locale OZ

Anri Chichinadze – “Navbahor” futbolchisi

Tajribali himoyachi Anri Chichinadze jamoamiz bilan shartnoma imzoladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Anri Chichinadze – “Navbahor” futbolchisi
photo: Navbahor FK

Tajribali himoyachi Anri Chichinadze Navbahor bilan shartnoma imzoladi.

Anri Chichinadze – 1997-yil, 5 oktabrda Gruziyaning Kutaisi shahrida tug‘ilgan.

Faoliyati davomida Gruziyaning “Torpedo” (Kutaisi, 2015-2019 yillar, 2023-yil), “Saburtalo” (Tbilisi,2020 yil), “Dila” (Gori, 2021-2022 yillar), O‘zbekistonning “Turon” (Yaypan, 2023-yilning 1-davrasi), Rossiyaning “Chernomores” (Novorossiysk, 2024-2025 yillar), “Orenburg” (Orenburg, 2025-yil) jamoalarida o‘ynagan.

Bundan tashqari, Anri Chichinadze Gruziyaning turli yoshdagi terma jamoalarida ham faoliyat yuritgan.

“Anri Chichinadze yangi mavsumda “Navbahor” tarkibida yorqin o‘yinlar namoyish etib, “lochinlar”ning zafarlariga o‘zining munosib hissasini qo‘shishiga tilakdoshmiz”,-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting