locale OZ

Angliya Premyer-ligasida mavsumning eng yaxshi futbolchisi nomiga nomzodlar e'lon qilindi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Angliya Premyer-ligasida mavsumning eng yaxshi futbolchisi nomiga nomzodlar e'lon qilindi
FОТО: premierleague.com

Angliya Premyer-ligasi matbuot xizmati 2024/2025-yilgi mavsum yakunlariga ko'ra eng yaxshi futbolchi sovriniga nomzodlar ro'yxatini e'lon qildi.

Morgan Gibbs-Uayt (“Nyukasl”) - 32 ta o'yin, 6 ta gol, 8 ta assist.

Rayan Gravenberx (“Liverpul”) - 35 ta o'yin, 4 ta assist.

Aleksandr Isak (“Nyukasl”) - 33 ta o'yin, 23 ta gol, 6 ta assist.

Brayan Mbemo (“Brentford”) - 36 ta o'yin, 18 ta gol, 7 ta assist.

Deklan Rays (“Arsenal”) - 33 ta o'yin, 3 ta gol, 7 ta assist.

Muhammad Saloh (“Liverpul”) - 36 ta o'yin, 28 ta gol, 18 ta assist.

Virjil van Deyk (“Liverpul”) - 36 ta o'yin, 3 ta gol, 1 assist.

Kris Vud (“Nottingem Forest”) - 34 ta o'yin, 20 ta gol, 3 ta assist.

Ma'lumot uchun, g'olib muxlislarning ovoz berish yo'li bilan aniqlanadi. Ovoz berish 19-mayga qadar davom etadi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda “Manchester Siti” yarim himoyachisi Fil Foden APL'da mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting