Angliya Liga kubogi nimchorak finaliga qur’a tashlandi
«Liverpul» va «Chelsi» jamoalari bu bosqichda o‘zaro to‘qnash keladi.
ФОТО: Getty images
Angliya Liga kubogining nimchorakfinal bosqichiga qur’a tashlandi. «Liverpul», «Chelsi», «Manchester Siti», «Arsenal» va boshqa jamoalarning raqiblari ma’lum bo‘ldi.
Nimchorakfinal juftliklari:
«Flitvud Taun» — «Arsenal»;
«Manchester Siti»/«Norvich» — «Brayton»;
«Everton» — «Nyukasl»;
«Sanderlend» — «Brentford»;
«Liverpul» — «Chelsi»;
«Bredford» — «Piterboro»;
«Fulhem» — «Kristal Pelas»;
«Bornmut» — «Aston Villa».