locale OZ

Angliya liga kubogi. «MYU» 4-liga klubiga mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Angliya liga kubogi. «MYU» 4-liga klubiga mag'lub bo'lib, turnirni tark etdi
Фото: Getty Images

Angliya liga kubogi 2-bosqichida “MYU” safarda “Grimsbi”ga qarshi o‘ynadi.

Asosiy bo‘limlar 2:2 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa 4-liga vakili 12:11 hisobida g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘limda mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotgan edi. O‘yin oxirida “qizil iblislar” hisobni tenglashtirdi. Penaltilar seriyasida Mbeumo noaniq zarba yo‘lladi.

Natijada “MYU” muddatidan oldin Angliya liga kubogi bilan xayrlashdi.

Angliya liga kubogi. 2-bosqich
“Grimsbi” 2:2 “MYU”
Gollar: Vernam 22, Uorren 32 – Mbeumo 75, Maguayr 89

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting