locale OZ

Angliya Liga Kubogi. «Liverpul» va «Tottenhem» turnirni tark etdi, «Arsenal» va «Chelsi»da esa gʻalaba

Mersisaydliklar bu safar ham «Kristal Pelas»ga magʻlub boʻldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Angliya Liga Kubogi. «Liverpul» va «Tottenhem» turnirni tark etdi, «Arsenal» va «Chelsi»da esa gʻalaba
FOTO: Getty Images

Angliya Liga Kubogi 1/8 final bosqichi doirasidan oʻrin olgan bir qator uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

Jumladan oʻz maydonida «Brayton»ni qabul qilgan «Arsenal» 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. Uchrashuvdagi gollarga Nvaneri va Saka mualliflik qildi.

Shuningdek, «Vulverxempton» maydoniga safar qilgan «Chelsi» 4:3 hisobida zafar quchib, keyingi bosqichga yoʻllanma oldi.

«Liverpul» esa oʻz maydonida «Kristal Pelas»ga 3:0 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻydi. «Nyukasl» esa «Tottenhem»ni 2:0 hisobida yengdi.

Angliya Liga Kubogi. 1/8 final

«Arsenal» — «Brayton» 2:0

Gollar: Nvaneri (58), Saka (76).

Arsenal — Kepa, Uayt (Timber, 70), Moskera, Inkapie (Gabriel, 70), Lyuis-Skelli, Merino, Nyorgor, Nvaneri, Douman (Saka, 70), Eze (Trossar, 83), Harriman-Annus (Rays, 77).

Brayton — Stil, Kadio‘g‘li, Koppola (Uelbek, 78), van Hekke, De Kuyper (Viffer, 67), Baleba, Boskali, Ryutter (Minteh, 67), Kostulas (Ayyari, 46), Gomes (Uotson, 68), Simas.

«Vulverxempton» — «Chelsi» 3:4

Gollar: Arokodare (48), Volf (73, 90+1) — Santos (5), Jorj (15), Estevao (41), Gittens (89).

Vulverxempton — Sa, Doerti (Gomesh, 19, Kreychi 46), Moskera, Agbadu, Toti, Volf, Chachtua, Gomes, Lopes (Manetzi, 46), Hvan (Larsen, 68), Aroskodare.

Chelsi — Yorgensen, Gyusto (Kukurelya, 60), Achimpong, Adarabioyo, Hato, Lavia (Fernandes, 60), Santos, Estevao (Delap, 60), Buonanotte (Kaysedo, 85), Gittens, Jorj (Netu, 76).

«Liverpul» — «Kristal Pelas» 0:3

Gollar: Sarr (41, 45), Pino (88).

Liverpul — Vudman, Remzi, Nioni, Gomes, Robertson (Laki, 67), Endo, Kerkez, Morrison (Gordon, 67), Mak Allister (Nallo, 67), Ngumoha (Doerti, 86), Kyeza.

Kristal Pelas — Benites, Kanvot, Lakrua, Gehi, Munos (Kardines, 74) Hyuz (Lerma, 74), Kamada, Sosa (Uche, 83), Sarr (Devenni, 62), Pino, Nketia (Mateta, 46).

«Nyukasl» — «Tottenhem» 2:0

Gollar: Sher (24), Voltemade (50).

Nyukasl — Remsdeyl, Barns, Bern, Voltemade (Osula, 71), Kraft (Trippiyer, 72), Remzi (Gimaraes, 80), Tiau, Tonali, Uillok (Joelinton, 71), Sher, Elanga (Gordon, 89).

Tottenhem — Kinski, Bergvall, Bentankur (Kolo-Muani, 65), Danso, Jonson (Quddus, 65), Palinya, Porro, Risharlison (Tel, 78), Sarr, Simons, Spens.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting