Angliya kubogi. «Manchester Siti» — «Liverpul»: taxminiy tarkiblar bilan tanishing
Husanov asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin.
ТО: Getty images
Bugun Angliya kubogining 1/4 final bosqichidan o‘rin olgan “Manchester Siti” — “Liverpul” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Ushbu bahs oldidan bir qator sport nashrlari jamoalarning ehtimoliy asosiy tarkiblarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, “shaharliklar” safida o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovning dastlabki daqiqalardan maydonga tushishi kutilmoqda.
“Manchester Siti”: Trafford; Nunes, Husanov, Gehi, Ait-Nuri; Bernardu, Rodri, O’Reyli; Semenyo, Holand, Sherki.
“Liverpul”: Mamardashvili; Soboslai, Konate, Van Deyk, Kerkez; Makallister, Gravenberh; Salah, Virtz, Gakpo; Ekitike.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist