Angliya Kubogi. Manchester Siti Esketerni tor-mor qilib keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi
Abduqodir Husanov ushbu qarama-qarshilikda to'liq maydonda harakat qildi.
photo: gettyimages
Angliya kubogi
10.01.2026, Yak.
Manchester Siti
10
Exeter
1
Angliya Kubogi 3-bosqich o'yinlari doirasidagi Manchester Siti hamda Ekseter jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tdi.
Ushbu qarama-qarshilikda mezbonlar raqib darvozasini 10 marta ishg'ol qilishdi va o'z darvozalaridan 1 marta to'p o'tkazib yuborishdi. Abduqodir Husanov o'yinda to'liq harakatlandi. Shu tariqa Siti keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Angliya Kubogi. 3-bosqich
Manchester Siti – Ekseter 10:1
Gollar: Alleyn 12, Rodri 24, Doyl-Hays 42 avtogol, Fitzvate 45+2 avtogol, Lyuis 49, 90+1, Semenyo 54, Reynders 72, O'Rayli 79, Makeydo 86 - Birx 90
Manchester Siti – Trafford, Lyuis, Abduqodir Husanov, Alleyn, Ake (Mfuni, 46), Rodri (O'Rayli, 46), Reynders, Makeydo, Sherki, Semenyo, Holand (Mukasa, 46)
Ibrohim Jalolov
Redaktor