Angliya kubogi. \"Kristal Pels\" kutilmaganda \"Aston Villa\"ni yengib, finalga chiqdi
Photo: Getty Images
Angliya kubogi yarim final birinchi o'yini yakunlandi.
Unda “Kristal Pels” klubi “Aston Villa”ni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvda Sarr dublni rasmiylashtirgan bo'lsa, Eze yana bir golga mualliflik qildi.
Ertaga ikkinchi finalchi aniqlanadi. Unda “Nottingem” va “Manchester Siti” o'zaro bahslashadi.
Angliya kubogi. Yarim final
“Kristal Pels" 3:0 “Aston Villa”
Gollar: Eze 31, Sarr 58, 90+4.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist