Angliya Kubogi. Husanov to‘liq o‘ynagan bahsda «Manchester Siti» yirik hisobda «Liverpul»dan ustun keldi
"Siti" keyingi bosqichga chiqdi.
ФОТО: Getty images
Angliya Kubogining 1/4 final bosqichi doirasida "Manchester Siti" o‘z maydonida "Liverpul"ga qarshi bahs olib bordi. Manchester shahridagi "Etihad" stadionida kechgan bahsda "shaharliklar" 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Mezbonlar hujumchisi Erling Holand xet-trikka erishdi. Yana bir gol Antuan Semenyo hisobiga yozildi.
O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
Angliya Kubogi. 1/4 final bosqichi
"Manchester Siti" — "Liverpul" 4:0
Gollar: 1:0 — Holand (39, pen), 2:0 — Holand (45+2), 3:0 — Semenyo (50), 4:0 — Holand (57)
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist