Angliya kubogi. «Arsenal» «Uigan»ni tor-mor etdi
Angliya Kubogining 1/16 final bosqichida "Arsenal" o‘z maydonida "Wigan"ni yirik hisobda mag‘lub etdi — 4:0.
11-daqiqada Noni Madueke hisobni ochdi. Oradan yetti daqiqa o‘tib, Gabriel Martinelli "to‘pchilar"ning ustunligini ikki baravarga oshirdi. 23-daqiqada londonliklar Jack Huntning avtogoli evaziga hisobni yirik ko‘rinishga keltirishdi. To‘rtinchi golni esa 27-daqiqada Gabriel Jesus o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, "Arsenal" turnirning 1/8 final bosqichiga yo‘l oldi.
Angliya Kubogi, 1/16 final
"Arsenal" — "Wigan Athletic" — 4:0 (4:0)
Gollar: 1:0 – 11 Madueke, 2:0 – 18 Martinelli, 3:0 – 23 Hunt (avtogol), 4:0 – 27 Gabriel Jesus.
"Arsenal": Arrizabalaga (Setford, 87), Saliba (Selmon, 61), Mosquera, White (Subimendi, 79), Lewis-Skelly, Eze, Nørgaard, Saka (Djekeres, 46), Gabriel Jesus, Martinelli, Madueke (Trossard, 61).