Angliya Kubogi. «Arsenal» safarda «Mansfild Taun»ni mag'lub etib, chorak finalga yo'l oldi
"To'pchilar" keyingi bosqichga chiqdi.
ФОТО: Getty images
Angliya Kubogining chorak nimchorak finalidan o'rin olgan “Mansfild Taun” hamda “Arsenal” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi.
Arteta shogirdlari “Mansfild” maydoniga safar qilib, 2:1 hisobida g'alaba qozonishga erishdi. Dastlab uchrashuvning 41-daqiqasida Noni Madueke hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. 50-daqiqada esa mezbonlar futbolchisi Uill Evans gol urib, hisobni tenglashtirdi. Bahsning 66-daqiqasida Eberechi Eze "to'pchilar"ning g'alaba goliga mualliflik qildi.
Shu tariqa, Mikel Arteta boshqaruvidagi "To'pchilar" keyingi bosqichga yo'l oldi.
Angliya kubogi. 1/8 final
Mansfild – Arsenal 1:2
Gollar: Evans 50 – Madueke 41, Eze 66
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist