Angliya klubi moliyaviy muammolarga duch keldi
Photo: Getty Images
Angliyaning “Sheffield Wednesday” klubi moliyaviy muammolarga duch keldi, deb xabar beradi The Athletic.
Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati futbolchilar va xodimlarga maosh to‘lashga puli yo‘q. Klub ishqibozlari jamoaning mavqeini saqlab qolish uchun harakat qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, gap nafaqat Angliyaning, balki butun dunyodagi eng qadimgi futbol klublaridan biri haqida ketmoqda. Bunga klubning tailandlik egasi Chansiri sabab bo‘layotgani aytilmoqda.
Hozirda jamoaga yangi investorlar kelishi aytilmoqda. Ulardan biri Jon Textor.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist