locale OZ

Angliya ilk bor 4 xorij klubi vakili bilan maydonga tushdi

Angliya terma jamoasi tarkibida tarixiy holat qayd etildi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Angliya ilk bor 4 xorij klubi vakili bilan maydonga tushdi
Foto: Getty Images

JCh-2026 guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan Panama — Angliya uchrashuvi oldidan inglizlar tarkibi bilan bog‘liq tarixiy ko‘rsatkich qayd etildi.

Angliya terma jamoasi mundiallar tarixida ilk bor boshlang‘ich tarkibda bir vaqtning o‘zida Angliya klublarida faoliyat yuritmaydigan 4 nafar futbolchi bilan maydonga tushdi.

Ular — Jarell Kuansa, Harri Keyn, Markus Reshford va Jud Bellingem.

Kuansa Germaniyaning “Bayer” klubida, Keyn “Bavariya”da, Reshford “Barselona”da, Bellingem esa Madridning “Real” klubida to‘p surmoqda.

Ushbu holat ingliz futbolchilarining so‘nggi yillarda Yevropaning boshqa yetakchi klublarida ham muhim o‘rin egallayotganini ko‘rsatadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting