Andrey Santos: «Chelsi» Angliya kubogini yutishni istaydi»
Angliya Kubogi finali 17 may kuni bo‘lib o‘tadi.
ФОТО: Getty images
«Chelsi» yarim himoyachisi Andrey Santos Angliya Kubogi finalida «Manchester Siti»ga qarshi o‘yindan kutganlari bilan bo‘lishdi.
«Albatta, Angliya Kubogini qo‘lga kiritish nafaqat men, balki barcha «Chelsi» futbolchilari uchun orzu. Biz klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini qo‘lga kiritdik, ayrim futbolchilar Liga konferensiyasini ham yutib bo‘lishdi. Va siz bilganingizdek, «Chelsi» bilan g‘alaba qozonish qanchalik muhim, lekin qolgan uchta o‘yinda bor kuchimiz bilan harakat qilishimiz kerak», — dedi Santos.
Eslatib o‘tamiz, Angliya Kubogi finali 17 may kuni Londondagi «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tadi. «Chelsi» oxirgi bor Kubokni 2017/18 mavsumida qo‘lga kiritgan va finalda «Manchester Yunayted»ni 1:0 hisobida mag‘lub etgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist