locale OZ

«Andijon»ning Osiyo Chempionlar Ligasi 2-turniri 3-turidagi raqibi haqida

Uchrashuv soat 18:45 da start olishi ko‘zda tutilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Andijon”ning Osiyo Chempionlar Ligasi 2-turniri 3-turidagi raqibi haqida
Фото: UzPFL

22-oktyabr kuni "Andijon" klubi Osiyo Chempionlar Ligasi 2-turnirining 3-turi doirasida Bahraynning "Al-Xaldiya" jamoasi bilan kuch sinashadi.

Xo‘sh, ushbu jamoa haqida nimalarni bilishimiz kerak?

"Al-Xaldiya" jamoasi 5 yillik tarixga ega bo‘lib, 2020-yilda tashkil etilgan.

Jamoaga muxlislar tomonidan “Lions of Bahrain” (“Bahrayn sherlari”) degan nom berilgan.

"Al-Xaldiya" o‘z uy uchrashuvlarini Riffa shahrida joylashgan “Bahrain Milliy” stadionida o‘tkazadi. Ushbu maydon 24 ming muxlisni sig‘dira oladi.

Jamoa Bahrayn chempionatining 2 karra g‘olibi, 2 karra Bahrayn Qirol kubogi va 3 karra Bahrayn Superkubogi sohibi hisoblanadi.

"Al-Xaldiya" shu vaqtgacha Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan o‘tkaziladigan rasmiy musobaqalarda 20 ta o‘yin o‘tkazgan. 10 ta o‘yinda g‘alaba qozongan, 5 ta bahs riffaliklarning mag‘lubiyati bilan yakunlangan, 7 ta uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan.

Jamoa tarkibida ayni paytda braziliyalik Gleison Moreira, kongolik Joel Beya, marokashlik Saifeddine Bouhra, germaniyalik Anas Ouahim kabi mahoratli futbolchilar to‘p surmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo Chempionlar Ligasi 2-turniri 3-turidan o‘rin olgan "Andijon" — "Al-Xaldiya" o‘yini 22-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuv soat 18:45 da start olishi ko‘zda tutilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting