locale OZ

Andijonning \"Al-Ahli\"ga qarshi oʻyin uchun tayyorgarligi davom etmoqda

“Andijon” jamoamiz Toshkentda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini olib bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Andijonning "Al-Ahli"ga qarshi oʻyin uchun tayyorgarligi davom etmoqda
photo: Andijon fk

“Andijon” jamoamiz Toshkentda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini olib bormoqda.

Bundan koʻzlangan maqsad 24-dekabr kuni Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqasining “B” guruhi, 6-tur doirasida Qatarda “Al-Ahli”ga qarshi boʻladigan muhim uchrashuvga puxta tayyorlanishdan iborat.

Ushbu uchrashuvgacha hali biroz vaqt borligi sababli futbolchilarning oʼyin amaliyotini saqlab turish muhim.

Bugun futbolchilarimiz oʻzaro ikkiga boʻlingan holda oʻynadilar. “Qizillar” va “Sariqlar” bahsida 3:3 hisobi qayd etildi. Oldinda esa yana oʻrtoqlik oʻyini tashkil etilishi koʼzda tutilgan.

Taʼkidlash lozimki, “Andijon”ning barcha eʼtibori “Al-Ahli” bilan boʻladigan oʻyinga qaratilgan va bu boradagi tayyorgarlik jarayoni reja asosida davom ettirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, "Al-Ahli" - "Andijon" bellashuvi 24-dekabr kuni boʻlib oʻtadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting