locale OZ

Andijonni OChL 2da nimalar kutmoqda yoxud musobaqa qatnashchilari, savatchalar va taqvim haqida

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Andijonni OChL 2da nimalar kutmoqda yoxud musobaqa qatnashchilari, savatchalar va taqvim haqida
Photo: Andijan PFK

“Andijon” jamoasi uchun mavsumning ikkinchi qismi juda muhim va har qachongidan ko‘ra ahamiyatlidir. Boisi, sentabr oyida Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqasidagi debyut ishtirokiga kirishadi. Bu esa shubhasiz “Andijon” futbol klubida yangi sahifa ochilishidan darak. Bir yarim oydan oshiqroq vaqt qolgan mazkur turnir haqida so‘z yuritamiz.

OChL 2 musobaqasida jami 32 ta klub ishtirok etadi. Ishtirokchilar mos ravishda 16 tadan Sharq va G‘arb mintaqalariga bo‘linadilar. “Andijon” G‘arb mintaqasida bo‘ladi.

OChL 2da kimlar qatnashadi? Bu hammmani qiziqtirayotgan savol. “Andijon” jamoamiz qatnashadigan musobaqada demak quyidagi Osiyo jamoalari ham ishtirok etadilar:

“Al-Muharraq” (Bahrayn)

“Al-Khaldiya” (Bahrayn)

“Al-Wasl” (BAA)

“Al-Nassr” (Saudiya Arabistoni)

“Al-Ahli” (Qatar)

“Istiqlol” (Eron)

“Andijon” (O‘zbekiston)

“Al-Hussein” (Iordaniya)

“Al-Wihdat” (Iordaniya)

“Mohun Bagan” (Hindiston)

“Istiqlol” (Tojikiston)

“Arkadag” (Turkmaniston)

“Al-Zawraa” (Iroq)

“Regar-TadAZ” (Tojikiston) - “Ahal” (Turkmaniston) g‘olibi

“Goa” (Hindiston) - “Al-Seeb” (Ummon) g‘olibi

“Al-Duhail” (Qatar) – “Sepahan” (Eron mag‘lubi, g‘olibi OChL Elitada qatnashadi)

OChL 2 musobaqasi format bo‘yicha uy va safar tizimida o‘tkaziladi. Shuningdek, 4 ta guruhning har birida birinchi va ikkinchi o‘rin egalari keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Guruh o‘yinlari taqvimi

1-tur: 16–18 sentabr

2-tur: 30 sentabr – 2 oktyabr

3-tur: 21–23 oktyabr

4-tur: 4–6 noyabr

5-tur: 25–27 noyabr

6-tur: 10–11 dekabr (Sharq),

23–24 dekabr (G‘arb)

Barcha uchrashuvlar OFK musobaqalari taqvimiga muvofiq o‘tkaziladi va uchrashuvlar jadvali (jumladan, o‘yinlar tartibi va boshlanish vaqtlari) qur’a tashlashdan so‘ng OFK tomonidan, OFK Musobaqalar qo‘mitasi tomonidan belgilangan qoidalar asosida tasdiqlanadi.

G‘arb mintaqasidagi 16 ta ishtirokchi klub "Kuch darajasi va savatlarga taqsimlash tamoyili" asosida to‘rt (4) ta savatga ajratiladi.

Birinchi savatcha:

“Al-Nassr” (Saudiya Arabistoni)

“Al-Wasl” (BAA)

“Al-Ahli” (Qatar)

“Al-Duhail” (Qatar) – “Sepahan” (Eron) mag‘lubi (bu juftlik g‘olibi OChL Elitga yo‘l oladi)

Ikkinchi savatcha:

“Istiqlol” (Eron)

“Andijon” (O‘zbekiston)

“Al-Zawraa” (Iroq)

“Al-Hussein” (Iordaniya)

Uchinchi savatcha:

“Al-Muharraq” (Bahrayn)

“Mohun Bagan” (Hindiston)

“Istiqlol” (Tojikiston)

“Arkadag” (Turkmaniston)

To‘rtinchi savatcha:

“Al-Wihdat” (Iordaniya)

“Al-Khaldiya” (Bahrayn)

“Goa” (Hindiston) - “Al-Seeb” (Ummon) g‘olibi

“Regar-TadAZ” (Tojikiston) - “Ahal” (Turkmaniston) g‘olibi

Ko‘rinib turibdiki, “Andijon” jamoamiz “Istiqlol” (Eron), “Al-Hussein” (Iordaniya) va “Al-Zawraa” (Iroq) bilan bir guruhdan joy olmaydi. 1, 3 va 4-savatchadan bittadan jamoa “Andijon”ga raqib bo‘ladi.

Qur’a tashlash marosimi joriy yilning 15 avgust kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurdagi “Intercontinental” mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi. Avvaliga 14 avgust kuni mahalliy vaqt bilan 10:30 (Toshkent vaqti bilan 13:30) da ishtirokchi klublar uchun seminarlar bo‘lib o‘tadi. 15 avgust kuni mahalliy vaqt bilan 15:00 (Toshkent vaqti bilan 18:00) da qur’a tashlash marosimi boshlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting