locale OZ

“Andijon” U21 jamoamiz mavsumni g'alaba bilan boshladi

U21 jamoamizning uy arenasi maydoni hali to'liq tayyor bo'lmagani sababli bahs safarda o'tkazildi. Vakillarimiz nominal mezbon sifatida harakat qilishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Andijon” U21 jamoamiz mavsumni g'alaba bilan boshladi
photo: Andijon fk

Bugun yoshlar ligasida yangi mavsum start oldi. Abdurashid Ismoilov boshqaruvidagi “Andijon” U21 jamoamiz dastlabki turni Jizzaxda “So'g'diyona” yoshlariga qarshi o'tkazdi.

U21 jamoamizning uy arenasi maydoni hali to'liq tayyor bo'lmagani sababli bahs safarda o'tkazildi. Vakillarimiz nominal mezbon sifatida harakat qilishdi.

Tarkib jihatidan yangilangan “Andijon” U21 ilk oʼyinda maqsadiga erishdi. Iqtidorli hujumchimiz Hamidullo Karimovning 90+1-daqiqada kiritgan yagona goli jamoamizga muhim g'alabani keltirdi. Karimov U21 jamoamizning 2026 yildagi dastlabki goli muallifiga aylandi.

Garchi birinchi bo'lim qiyinroq kechgan bo'lsa-da, tanaffusdan keyin futbolchilarimiz bir qator imkoniyatlar yaratishdi. Zaxiradan maydonga tushganlar ham o'yinni kuchaytira oldilar. Yakunda “Andijon” U21 2026 yilgi chempionatni g'alaba bilan boshladi.

“Andijon” U21 - “So'g'diyona” U21 - 1:0 (0:0).
26 fevral. Jizzax. “So'g'diyona” qarorgohi stadioni. 58 tomoshabin.

Bosh hakam: Dilshod Ahmedov.
Nazoratchi: Shuhrat Karimov
Komissar: Feruz G'aniev

“Andijon” U21: Ne'matulloh Rustamjonov, Fazliddinxo'ja Ubaydullaev (Diyor Madaminov, 77), Ozod Sobirov, Yaxyobek Yuldashaliev, Jamshid Ko'paysinov, Asadbek Rahmonjonov (Xabibulla Xabibullaev, 46), Abdulaziz Mahmudov (Ahror Ravshanbekov, 46), Iskandar Tojimamatov, Shoxjahon Yorqinboev (Muhammadrizo Sharibjonov, 90), Xamidullo Karimov, Zulfiqor Akbarov (Patidin Zuxriddinov, 63).

“So'g'diyona” U21: Bayram Najafaliev, Fazliddin Omonkeldiev (Jahongir Rasulov, 85), Sardor Hoshimov (Shoxruz Kamolov, 85), Shaxriyor Toshmurodov, Farruh Anorboev (Sardor Erkinov, 59), Dilshod Misiraliev, Xondamir Abduvaliev, Abdulaziz Abdurahmonov (Ametxan Adjisaliev, 77), Ali Jo'ramurodov, Inomjon Abdumajidov (Umid Sultonov, 85), Abduazim Ortiqov.

Gol: Xamidullo Karimov, 90+1 - 1:0.

Ogohlantirishlar: Yaxyobek Yuldashaliev, 21. Ozod Sobirov, 54 - Sardor Hoshimov, 37. Shaxriyor Toshmurodov, 60. Abduazim Ortiqov, 75.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting