locale OZ

«Andijon» Turkiyaga yo'l oldi

Jamoaga tahlilchi, shifokor kelib qo'shildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Andijon» Turkiyaga yo'l oldi
Фото: Андижон ПФК

“Andijon” jamoasi bugun Toshkent halqaro aeroportida soat 10:00 da Toshkent-Antaliya yoʻnalishida Turkiyaga yoʻl oladi va u yerda “Burgutlar”ning yangi mavsum uchun asosiy oʻquv-mashgʻulot yigʻini boʻlib oʻtadi.

Jamoamizning murabbiylar va tibbiyot shtabiga yangi mutaxassislar jalb etildi. Jumladan, futbolchi sifatida oʻz vaqtida “Andijon” sharafini himoya qilgan, oʻtgan yili “Bunyodkor”da faoliyat olib borgan Dmitriy Krayev endilikda “Andijon”da tahlilchi vazifasida ish olib boradi. Shuningdek, buxorolik shifokor Olimjon Neʼmatov ham yangi mavsumdan eʼtiboran “Burgutlar”da faoliyat olib boradi. Qolaversa, massajchi Bahodir Tashbekov ham jamoamiz aʼzosiga aylandi.

Demak, jamoamizning delegatsiya tarkibi bilan tanishing!

Bosh murabbiy: Samvel Babayan

Yordamchi murabbiy: Grigoriy Kolosovskiy

Murabbiylar: Denis Toymensev, Elyor Rahmatullayev

Darvozabonlar murabbiyi: Pavel Sinelnikov

Tahlilchi: Dmitriy Krayev

Shifokorlar: Gʻofurjon Joʻrayev, Olimjon Neʼmatov

Massajchilar: Bahodir Tashbekov, Omatillo Ortiqov, Aziz Karimov

Administratorlar: Bekzod Karimov, Xursandbek Qosimov

Matbuot kotibi: Shuhratbek Joʻrayev

Operator tahlilchi: Ilhom Iminov

Darvozabonlar: Eldor Adhamov, Rahim Davronov, Neʼmatulloh Rustamjonov.

Himoyachilar: Ibrohim Yoʻldoshev, Nemanya Chalasan, Aleksandr Andronikashvili, Abdurahmon Komilov, Odil Abdumajidov, Islom Toʻxtaxoʻjayev, Elbek Vohidovich, Abdulvohid Gʻulomov, Igor Golban, Kristian Novak, Bekzod Sulaymonov.

Yarim himoyachilar: Abbos Abdugʻafforov, Sardor Azimov, Humoyunmirzo Iminov, Doniyor Abdumannopov, Bektemir Abdumannonov, Damir Temirov, Jamshid Boltaboyev, Muhammadkarim Toirov, Imeda Ashortia, Usmonali Ismonaliyev.

Hujumchilar: Poʻlatxoʻja Xoldorxonov, Dragan Cheran, Asilbek Aliyev.
Rustamjonov, Cheran, Chalasan, Novak Ashortia va Golban Turkiyadagi yigʻinda qoʻshilishadi.

Shuningdek, Shoxjahon Yorqinboyev U-23 terma jamoamiz bilan Osiyo Kubogida qatnashayotgani bois “Andijon”ning yigʻiniga keyinroq yetib keladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting