\"Andijon\" Superkubok bahsi uchun Toshkentga yetib keldi!
PHOTO: Telegram
Bugun o'z qarorgohida mashg'ulotini o'tkazgan “burgutlar” kunning ikkinchi yarmida poytaxt tomon yo'lga chiqdi va Toshkentdagi "Porto Bello" mehmonxonasiga joylashdi.
Superkubok bahsi oldidan ertaga "Bunyodkor" stadionida rasmiy tadbirlar bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Superkubogi uchun “Nasaf”-"Andijon" o'rtasidagi uchrashuv 27 may kuni "Bunyodkor" stadionida soat 19:30 da boshlanadi. Unda o'tgan mavsumda O'zbekiston kubogini qo'lga kiritgan “burgutlar” hamda Superligada chempion bo'lgan “ajdarlar” o'rtasidagi qarama-qarshilikni guvohiga aylanamiz.
Eng so'nggi xabar va yangiliklarni sports24.uz orqali kuzatib boring.
Ibrohim Jalolov
Redaktor