locale OZ

«Andijon» Shaxrom Samiyev bilan shartnomani bekor qildi

U faoliyatini endi Iroq chempionatida davom ettiradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Andijon» Shaxrom Samiyev bilan shartnomani bekor qildi
Фото: Андижон ПФК

Oʻtgan mavsumni ijara asosida “Xorazm” safida oʻtkazgan tojikistonlik hujumchi Shaxrom Samiyev huquqiy jihatdan “Andijon”ga tegishli boʻlib, u “Burgutlar” safidagi faoliyatini 2024-yilda boshlagan va oʻshanda uch yillik shartnoma tuzgan.

2024-yil “Andijon”da va 2025-yil “Xorazm”da oʻynagan legioner Iroqning “Al-Karma” klubi bilan shartnoma imzoladi.

Shuni maʼlum qilamizki, Ikki tomonning oʻzaro kelishuviga koʻra, futbolchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi va u faoliyatini endi Iroq chempionatida davom ettiradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting