locale OZ

«Andijon» Ro'ziqul Berdiyev bilan muzokaralar olib borayotgani yo'q

"Burgutlar" matbuoti rasmiy bayonot bilan chiqish qildi.
«Andijon» Ro'ziqul Berdiyev bilan muzokaralar olib borayotgani yo'q
photo: Andijon fk

So'nggi kunlarda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda «Andijon» futbol klubi yangi mavsum uchun bosh murabbiylik lavozimiga turli mutaxassislar, jumladan, Ro'ziqul Berdiyev bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

«Andijon» futbol klubi mazkur xabarlar yuzasidan shuni ma'lum qiladiki, ayni paytda klub tomonidan boshqa mutaxassislar bilan bosh murabbiylik lavozimi bo'yicha hech qanday muzokaralar olib borilayotgani yo'q.

Klub rahbariyati amaldagi murabbiylar shtabiga to'liq ishonch bildirmoqda. Jamoa belgilangan reja asosida mavsumni muvaffaqiyatli yakunlash va oldinda turgan maqsadlarga erishish yo'lida ish olib bormoqda.

Shu munosabat bilan ommaviy axborot vositalari va muxlislardan turli manbalarda tarqalayotgan tasdiqlanmagan xabarlarga emas, balki klubning rasmiy axborot kanallarida e'lon qilinayotgan ma'lumotlarga tayanishlarini so'raymiz.

«Andijon» futbol klubiga oid barcha muhim va rasmiy ma'lumotlar, jumladan, murabbiylar shtabi, jamoa tarkibi, transferlar va boshqa masalalarga taalluqli xabarlar faqat klub matbuot xizmati tomonidan rasmiy ravishda e'lon qilinadi.

Klub jamoa hayotiga oid muhim yangiliklarni doimo muxlislar va ommaviy axborot vositalari bilan oʼzining rasmiy axborot kanallari orqali muntazam ravishda baham koʼrib boradi»,-deb yoziladi klub rasmiy sahifasda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting