«Andijon» qanday futbolchi bilan shartnoma imzoladi?
"Andijon" jamoasi bilan shartnoma imzolagan Ismoil Akinadening faoliyatiga nazar tashlaymiz.
Bu yil xalqaro maydonda ishtirok etadigan "Andijon" klubi yozgi transfer bozorida faol bo‘ldi. Jamoa ikki nafar legionerni o‘z safiga qo‘shib oldi. Ulardan biri nigeriyalik hujumchi Ismoil Akinadedir.
Ismoil professional futboldagi faoliyatini Irlandiyada boshlagan. Professional faoliyati davomida 295 ta o‘yinda maydonga tushib, 80 ta gol urgan.
Ushbu futbolchi haqidagi blitz ma’lumotlar bilan tanishing:
Tug‘ilgan sanasi – 1994 yil 11 fevral
Tug‘ilgan joyi – Nigeriya, Ibadan
Yoshi – 31
Bo‘yi – 1.90 sm
O‘ynagan jamoalari:
"Bray Wanderers" – 72 o‘yin, 12 gol
"Bohemians" – 59 o‘yin, 21 gol
"Waterford" – 56 o‘yin, 9 gol
"Ho Chi Minh City" – 10 o‘yin, 4 gol
"SHB Da Nang" – 14 o‘yin, 7 gol
"Hong Linh Ha Tinh" – 12 o‘yin, 1 gol
"Sheikh Russel KC" – 10 o‘yin, 6 gol
"Kelantan" – 12 o‘yin, 6 gol
"Kelantan United" – 13 o‘yin, 4 gol
"Terengganu" – 35 o‘yin, 10 gol
