«Andijon» navbatdagi bahsda durang qayd etdi
Ibrohim Yoʻldoshev raqib darvozasini ishgʻol qildi.
Фото: Андижон ПФК
Antaliyada oʻquv-mashgʻulot yigʻinini davom ettirayotgan "Andijon" jamoamiz bugun navbatdagi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Bu safargi sparring-raqib ham Chernogoriyaning asosiy divizionida 3-oʻrinda borayotgan "Dechich" jamoasi boʻldi.
Uchrashuv 1:1 hisobida yakun topdi. Jamoamizdan Ibrohim Yoʻldoshev raqib darvozasini ishgʻol qildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist