«Andijon» – «Nasaf» o‘yinida qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygan bosh hakam va VAR hakam Birinchi ligaga tushirildi
Hakamlаr qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida hakamlikni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar hamda Superliga va Proliga uchrashuvlari davomida hakamlar faoliyati bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi birinchi masala:
Hakamlikni rivojlantirish yo‘nalishida O‘zFHM tasarrufida tashkil etilgan Hakamlаr akademiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish, jumladan, nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni sifatli tashkil etish, yosh hakamlаr uchun keng imkoniyatlar yaratish, ularning o‘z ustida ishlashi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash, respublika musobaqalari davomida mahorat va tajriba orttirishlariga ko‘maklashish, shuningdek, chet tillarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratish masalalari qayd etildi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala:
Superliga uchrashuvlari davomida ayrim hakamlаr tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoliklar tahlil qilindi.
Xususan, Superliga 5-turi doirasidagi “Surxon” – “Buxoro” uchrashuvi bosh hakami Firdavs Norsafarov o‘yin qoidalarini bir xil mezonda qo‘llamaganligi, 6-tur doirasidagi “Andijon” – “Navbahor” uchrashuvi bosh hakami Naim Qosimov tomonidan “Andijon” jamoasi bosh murabbiyiga nisbatan yetarli darajada qat’iy chora ko‘rilmagani, shuningdek, 6-turda “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” uchrashuvida bosh hakam Rustam Lutfullin va VAR hakami Ibrohim Ismoilov tomonidan qo‘pol xatoliklarga yo‘l qo‘yilgani qayd etildi.
Hakamlаr qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklar uchun Naim Qosimov va Firdavs Norsafarov ogohlantirildi.
“Qo‘qon-1912” – “Nasaf” bahsini boshqarib borgan bosh hakam Rustam Lutfullin hamda VAR hakami Ibrohim Ismoilov yo‘l qo‘ygan xatolari uchun Superliga, Proliga va O‘zbekiston kubogi bahslaridan birinchi davra yakunigacha chetlashtirildi. Shuningdek, har ikki hakam Birinchi ligaga tushirildi.