«Andijon» klubi Aziz To‘rg‘unboyevning jarohati haqida ma’lumot berdi
«Andijon» klubi jamoaning hujumkor vingерi Aziz To‘rg‘unboyevning holati haqida ma’lumot berdi.
«Ikki kun oldin umumiy mashg‘ulotda Aziz To‘rg‘unboyevning chap oyog‘i jarohatlandi. Bu haqda o‘sha kuni xabar berib o‘tgandik. Klub shifokori Olimjon Ne’matov esa futbolchining jarohati bo‘yicha klub matbuot xizmatiga ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, ultratovush tekshiruvi jarayonida To‘rg‘unboyevning jarohati tashxisi aniqlandi: boldir mushagining uzilishi.
Bu jarohatning bitishi o‘rtacha 12–14 kun vaqtni oladi. Besh kun davolanishdan keyin alohida shug‘ullanishni boshlaydi.
Biz Azizbekka sog‘liq va tezroq sog‘ayib safga qaytishini tilab qolamiz», — deb yozadi «burgutlar» matbuot xizmati.
«Andijon» navbatdagi o‘yinini 9-oktabr kuni Superliganing 23-turi doirasida «Buxoro»ga qarshi o‘tkazadi.