locale OZ

«Andijon» katta jamoaga aylangan, bu yerga sovrinlarni yutishga keldim» — Mahmud Mahamajonov

Futbolchi klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Andijon» katta jamoaga aylangan, bu yerga sovrinlarni yutishga keldim» — Mahmud Mahamajonov
Фото: Андижон ПФК

Xabaringiz bor, kuni kecha “Andijon” jamoamizga iqtidorli futbolchi Mahmud Mahamajonov qo‘shildi va rasmiy ravishda “Burgutlar”ning a’zosiga aylandi. Antaliyadagi yig‘indagi mashg‘ulotlarga kirishgan Mahamajonov klub matbuot xizmati savollariga javob berdi.

- Mahmudjon, siz endi “Burgutlar” oilasining a’zosisiz. Buni his qilganingizda nimalarni o‘ylayapsiz?

- Albatta, bu men uchun katta mas’uliyat va katta maqsadlar sari olib boradigan imkoniyat, deb umid qilaman. Endi bundan keyin doim o‘sishda davom etishga harakat qilaman.

- “Andijon” taklifini qabul qilishingizga nima jiddiy sabab bo‘ldi?

- Bunga asosiy sabab jamoa oldiga faqat katta maqsadlar qo‘yilayotgani va shu yo‘lda katta ishlar qilinayotganidir. Bundan tashqari, jamoa bosh murabbiyining o‘zi meni jamoada ko‘rishni xohlagani “Andijon”ni tanlashimga sabab bo‘ldi, deb o‘ylayman.

- Yangi jamoangizda birinchi o‘rtoqlik o‘yinida ham maydonga tushdingiz. Ilk taassurotlar qanday?

- Albatta, birinchi o‘yin doim qiyin kechadi. Lekin, o‘ylashimcha, hammasi yaxshi bo‘ldi. Kuchli jamoaga qarshi o‘ynadik va natija ham qoniqarli bo‘ldi, deb o‘ylayman.

- Bu yerga qanday maqsadlarni ko‘zlab keldingiz?

- Avvalo, bu yerga “Andijon” bilan Kubok va sovrinlarni yutishga keldim va yana eng katta maqsadlarimdan biri, shu yerda o‘ynab milliy terma jamoaning doimiy a’zosiga aylanish, legioner bo‘lish va albatta muhlislar qalbidan yaxshi taassurot qoldirish.

- “Andijon”ga o‘tishingiz haqida birinchi bo‘lib kimga aytdingiz?

- Menimcha, hamma eng yaqinlariga aytadi. Men ham shunday qildim: otam va boshqa oila a’zolarim birinchi bo‘lib xabar topishdi.

- Bu klubdan ilk taklifni eshitganingizda reaksiyangiz qanday bo‘ldi?

- Albatta, xursand bo‘ldim. “Andijon” katta jamoaga aylangan.

- Futboldan zavqlanish uchun "Andijon" sizga ideal klubmi?

- Ha, albatta. Menimcha, futboldan zavq olib o‘ynash uchun “Andijon” eng zo‘rlaridan. Bunda esa “Ultras Burgut” muxlislarining o‘rni juda beqiyos.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting