locale OZ

Andijon Tojikistondagi yig‘inni boshladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Andijon” jamoamizning 🇹🇯Tojikistondagi yig‘ini boshlandi
Photo: Andijan PFK

12 iyuldan o‘z bazasida to‘planib ikki kun shug‘ullangan “Andijon” bugundan asosiy bosqich mashg‘ulotlariga kirishdi.

Mavsumning ikkinchi qismiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida “Burgutlar” avvaldan rejalashtirilganidek, doimiy yig‘in o‘tkazib kelayotgan manzil – Tojikistonning Guliston shahrida joylashgan “Milliy bank”ga qarashli sog‘lomlashtirish sport kompleksida bugundan yozgi yig‘inni boshladi.

Maksim Shatskix boshchiligidagi “Burgutlar” bu yerda 26-iyulgacha o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib boradi.

Mazkur tayyorgarlik davomida Tojikistonning ikkita klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting