locale OZ

«Andijon» hujumchisi: «O‘yin natijasi imkoniyatlarimizni yo‘qotgani yo‘q»

Akinade "Al-Xaldiya"ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Andijon" hujumchisi: "O‘yin natijasi imkoniyatlarimizni yo‘qotgani yo‘q"
Фото: Андижон ПФК

"Al-Xaldiya" - "Andijon" (0:0) bahsidan keyin andijonliklarning legioner hujumchisi Ismoil Akinade klub matbuot xizmatiga uchrashuv haqidagi fikrlarini bildirdi.

"To‘pni o‘zimizda saqlashimiz oson bo‘lmadi. Lekin himoyamiz va darvozabonimiz yaxshi o‘ynadi. Bu o‘yin natijasi bizning imkoniyatlarimizni yo‘qotgani yo‘q. Hali keyingi bosqichga chiqish imkoniyatimiz bor.

OChLdagi guruh bosqichi ham oxiriga kelib qoldi. Ikkita o‘yinimiz qoldi. Butun e’tiborimizni shunga qaratamiz va pley-offga chiqishga harakat qilamiz.

Xudo xohlasa, keyingi uchrashuvda hujumkor o‘ynab yutishga harakat qilamiz. Bizda yaxshi imkon bor, jamoamizda pozitiv kayfiyat hukm suryapti. Yutishimizga ishonamiz. Bunga kuchimiz yetadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting