Andijon futbolchisi Abbos Abdugʻafforov bilan shartnoma uzaytirildi
Oʻtgan yili Superligada hamda OCHL 2 musobaqasida debyutini oʻtkazishga muvaffaq boʻldi.
photo: Andijon fk
“Andijon” jamoamizning isteʼdodli futbolchilaridan biri hisoblangan Abbos Abdugʻafforov bilan ham mehnat shartnomasi uzaytirildi.
"Taʼkidlash joizki, 2004-yilning 30-dekabr sanasida tavallud topgan yarim himoyachi bungacha U-21 jamoamiz safida toʻp surib keldi.
Oʻtgan yili Superligada hamda OCHL 2 musobaqasida debyutini oʻtkazishga muvaffaq boʻldi.
Umid qilamizki, Abdugʻafforovni jamoamizda yorqin kelajak kutib turibdi",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.
Ibrohim Jalolov
Redaktor