Andijon bugun ham tayyorgarlikni yuqori surʼatda davom ettirdi
Andijon bugun ham tayyorgarlikni yuqori surʼatda davom ettirdi. Kun davomida ikki mahal mashgʻulot oʻtkazildi va har ikkisi ham ochiq maydonda boʻlib oʻtdi.
Ertalabgi va kechki mashgʻulotlarda futbolchilar jismoniy tayyorgarlik, taktik harakatlar hamda toʻp bilan ishlashga alohida eʼtibor qaratdilar. Mashgʻulotga Kristian Novak qoʼshildi.
Kechki mashgʻulot paytida ob-havo biroz sinovli boʼldi: yengil yomgʻir va shamol maydonni yanada “jangovor” muhitga aylantirdi. Ammo bu omillar futbolchilarning kayfiyatiga taʼsir qilmadi — aksincha, har bir mashq qatʼiyat va xarakter bilan bajarildi.
Har qanday sharoitda ham ishlashga tayyor boʻlgan jamoamiz yangi mavsumga jismonan ham, ruhan ham puxta tayyorgarlik koʻrmoqda.