locale OZ

«Andijon» aʼzolari OChL-2 qurʼasi oldidan fikr bildirishdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Andijon» aʼzolari OChL-2 qurʼasi oldidan fikr bildirishdi
Photo: Getty Images

Osiyo Chempionlar ligasining yangi mavsumi uchun qurʼa tashlanishini bilasiz. “Andijon” OChL-2da ishtirok etadi va guruh bosqichidagi raqiblarini tez orada bilib olamiz.

Barchamizning eʼtiborimiz Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurdagi qurʼa tashlash marosimiga qaratilgan, bunga shubha yoʻq. Jamoa aʼzolari qurʼadan avval klub matbuot xizmatiga oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashishdi.

Sardor Azimov: "Jamoamiz Osiyo Chempionlar ligasi-2 musobaqasida ilk bor qatnashayotganini hisobga olsak, bizda bosim yoʻq. Guruhimizga kimlar tushishidan qatʼiy nazar, baribir ularga qarshi oʻynaymiz. Muhimi, bizning munosib ishtirokimizdir. Xudo xohlasa, muxlislarimizga bayram ulashib, guruhdan chiqishga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Osiyo maydonlarida ishqibozlarimizga gʻalabalarimiz bilan quvonch ulashishni niyat qilganmiz. Guruhimizda kuchli raqiblar tushsa, bu biz uchun tajriba boʻladi, oʻzimiz teng raqiblar tushsa ham oxirigacha kurashamiz".

Sunnatilloh Hamidjonov: "Bizga qaysi jamoalar tushishidan qatʼiy nazar, maqsadimiz yaxshi natijalar koʻrsatib, maksimal darajada bor kuchimiz bilan oʻynash va gʻalabalar bilan muxlislarimizni quvontirmoqchimiz. Guruhimizda bizga raqib boʻladigan har bir klubga puxta tayyorgarlik koʻramiz va munosib qatnashishga harakat qilamiz. “Andijon” klubi bu musobaqada tarixda birinchi marta ishtirok etadi. Shuni hisobga olib, OChLda maksimal bor kuchimiz, bor mahoratimiz bilan kurashamiz. Chunki yana bunday imkoniyat boʻladimi-yoʻqmi, Xudo biladi. Shu sababli ushbu imkoniyatdan unumli foydalanishga harakat qilamiz. Bu turnirda kuchsiz jamoalar boʻlmaydi, barchasi oʻziga yarasha kuchli. Shunga qaramasdan, qaysi klub tushishidan qatʼiy nazar, bor kuchimiz bilan oʻynashga tayyormiz. Menimcha, “Al-Hasl”, “Al-Muharraq” va “Al-Khaldiya” tushsa kerak, qurʼada aniq bilib olamiz".

Eldor Adhamov: "Kim tushishini farqi yoʻq. Kuch jihatidan qulayroq raqiblar tushsa yaxshi boʻlardi. Nomdor klublardan “An-Nasr”ga qarshi oʻynash yoqimli boʻladi. Chin dildan xohlagan taqdirimizda hamma narsa qilish mumkin. Oldimizga qoʻyilgan vazifani bajarishga va muxlislarimizni xursand qilishga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz".

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting