locale OZ

Andijon. Aliev ketdi, Abdug'afforov ijaraga berildi

21 yoshli yarim himoyachi Abbos Abdug'afforov Qirg'iziston chempionati ishtirokchisi - “Alay” jamoasiga ijaraga berildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Andijon. Aliev ketdi, Abdug'afforov ijaraga berildi
photo: Andijon fk


“Andijon”ning qishki seleksiyadagi rejalari har tomonlama o'ylab chiqilgan reja asosida amalga oshirilganligini alohida ta'kidlab o'tmoqchimiz.

Lekin kutilmagan o'zgarishlar ham yuz berishi tabiiy hol. Jumladan, O'zbekiston U17 safida Osiyo chempionligini qo'lga kiritgan hujumchi Asilbek Aliev bilan kelishuvga erishilgandi. Keyinchalik esa uning o'rniga jamoadoshi - Sayfiddin Sodiqov jalb qilinganligi bois Aliev bilan o'rtadagi shartnoma o'zaro kelishuvga ko'ra bekor qilindi.

Shuningdek, 21 yoshli yarim himoyachi Abbos Abdug'afforov Qirg'iziston chempionati ishtirokchisi - “Alay” jamoasiga ijaraga berilganligini ham ma'lum qilamiz",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting