«Anderlext» hujumchisiga APL grandlari qiziqish bildirmoqda
Futbolchi «MYU» va «Tottenhem»ning ham eʼtiborini tortgan.
FOTO: Getty Images
Belgiyaning «Anderlext» klubi hujumchisi Nilsen Angulo bir qator ingliz grandlarining e’tiboriga tushdi.
Caught Offside’ning xabariga ko‘ra, futbolchiga «Manchester Yunayted» va «Tottenhem» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq bu ikki klubga raqobatchilar ham yetarlicha — «Brentford», «Brayton» va «Lids Yunayted» ham iste’dodli forvardning rivojlanishini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Joriy mavsumda Angulo 4 ta gol va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, janubiy amerikalik futbolchining hozirgi bozor qiymati 4,5 million yevroni tashkil etadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist