locale OZ

Anchelotti – terma jamoalarda eng ko‘p maosh oluvchi murabbiy

Klopp undan keyingi o‘rinda bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Anchelotti – terma jamoalarda eng ko‘p maosh oluvchi murabbiy
Фото: Getty Images

Bild nashri milliy terma jamoalar bosh murabbiylarining hozirgi maoshlarini ma’lum qildi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasi bilan ishlagani uchun yiliga 7 million yevro oladi. Undan ko‘proq maosh oladigan yagona mutaxassis — Karlo Anchelotti. Italiyalik murabbiy yiliga taxminan 10 million yevro ishlab topadi.

Maurisio Pochettino AQSh terma jamoasida yiliga 6,8 million yevro, Tomas Tuxel Angliya terma jamoasida 6 million yevro maosh oladi.

Jahon chempionatidagi g‘alabadan so‘ng Luis de la Fuente’ning Ispaniya terma jamoasidagi maoshi 2 million yevrodan 5 million yevrogacha oshirilgan.

Lionel Skaloni Argentina terma jamoasida 2,3 million yevro, Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasida yiliga 3,6 million yevro, Jorge Jezus esa Portugaliya terma jamoasida 4 million yevro maosh oladi.

Germaniya terma jamoasida ishlash Kloppning daromadlari kamayishiga olib kelgan. U Red Bull kompaniyasida ishlagan paytida yiliga taxminan 12 million yevro olgan. «Liverpul»dagi so‘nggi asosiy maoshi esa 18 million yevroni tashkil etgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting