Anchelotti “Real” va “Barselona”ning o'yin uslubini solishtirdi
FOTO: Getty Images
Italiyalik murabbiy Karlo Anchelotti “Real” va “Barselona” o'yinini solishtirdi. Kataloniyaliklar ayni dam La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
“Barselona” juda yaxshi o'ynaydi, lekin “Real” boshqacha, sifatli futbol namoyish qiladi. Menga ikkala jamoaning ham o'yin uslubi yoqadi. Har bir jamoaning o'ziga xos uslubi bor”, - deydi Anchelotti.
Eslatib o'tamiz, “Real” La Liganing 29-turida o'z maydonida “Leganes”ni qabul qilib, 3:2 hisobida irodali g'alabaga erishdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist