Anchelotti Braziliya terma jamoasida qancha maosh olishi ma'lum bo‘ldi
Photo: Getty Images
Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida e'lon qilindi. Bu haqda Braziliya futbol konfederatsiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, italiyalik mutaxassis Braziliya terma jamoasida yiliga 10 million yevro maosh oladi. Bu esa terma jamoa murabbiylari orasida eng yuqori maosh oluvchilardan biri bo‘ladi. Uning “Real”da olayotgan maoshi ham deyarli 10 million yevro atrofida bo‘lgan.
Agar 2026 yilgi jahon chempionatida g‘alaba qozonilsa, Anchelotti qo‘shimcha ravishda 5 million yevro mukofot puli oladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist