locale OZ

Amorimga kamida uch yil muddat beriladi

Klub rahbari bu haqda o'zining suhbatida aytib o'tdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Amorimga kamida uch yil muddat beriladi
ФОТО: Getty images

“Manchester United” hamasoschisi Jim Ratcliffe jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorim atrofidagi bosimni yengillashtirdi.

Avvalroq portugaliyalik mutaxassisning isteʼfosi haqida gap-soʻzlar chiqqan edi.

“U hali oʻzini buyuk murabbiy sifatida koʻrsatishi kerak. Buning uchun vaqt zarur. Matbuot esa natijani darhol, ertaga boʻlishini xohlaydi. “MYU”ni shoshilinch qarorlar bilan boshqarib boʻlmaydi”, — dedi Ratcliffe The Business podkastida.

Eslatib oʻtamiz, “MYU” APL turnir jadvalida 10-oʻrinda bormoqda. Angliya Liga Kubogida quyi divizion vakiliga yutqazib, turnirdan chiqib ketdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting